Isroil Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi
Olam
−
30 iyul
9914Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats kecha, 29 iyul kuni bergan bayonotida Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 28 iyul kuni Rizo viloyatidagi hukmron partiya qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Turkiya bir paytlar Qorabog‘ va Liviyaga kirganidek, Isroilga ham kirishi mumkinligini aytgandi. Erdo‘g‘anning bu taklifidan keyin Kats alyans tarkibidan Turkiyani chiqarib yuborishga chaqirdi.
“Erdo‘g‘anning Isroilga bostirib kirish tahdidi va uning xavfli nutqini hisobga olgan holda, Tashqi ishlar vaziri Israel Kats diplomatlarga NATOning barcha a’zolari bilan hamkorlik qilishga, Turkiyani qoralab, uni mintaqaviy ittifoqdan chiqarib yuborishni talab qilishga ko‘rsatma berdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Kats Turkiya hukumatini NATO maqsadlariga mos kelmaydigan bayonotlar berish hamda alyans siyosatida nazarda tutilmagan siyosatni yuritishda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘anning chiqishidan so‘ng, Israel Kats Turkiya Prezidentini Isroilga bostirib kirishidan mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida ogohlantirgandi. O‘shanda vazir o‘z nutqida Erdo‘g‘anga Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn taqdirini eslatgandi.
LiveBarchasi