Isroil turar-joy binosiga zarba berdi. 12 bola halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi turar-joy binosiga bergan zarbasi oqibatida 12 nafar bola va 4 nafar ayol halok bo‘ldi. Bu haqda shifokorlarga tayanib, CNN xabar berdi.

Unga ko‘ra, jami 21 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangan.

Bundan tashqari, Isroilning G‘azo sektoridagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lageriga uyushtirgan navbatdagi zarbasi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. hujum bugun, 29 dekabr kuni tinch aholi bo‘lgan turar-joy binosiga uyushtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 dekabr kuni SAXALning Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerini portlatishi oqibatida 70 ga yaqin odam halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing