Isroil TIV Sinvar o‘ldirilganini tasdiqladi

Olam

image

Isroil Tashqi ishlar vaziri Isroil Kats HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar isroillik askarlar tomonidan o‘ldirilganini tasdiqladi. Isroil TIV rahbarining bayonotlaridan N12 telekanali iqtibos keltirdi.

"2023 yil 7 oktyabrdagi qirg‘in uchun mas’ul bo‘lgan Sinvar Isroil armiyasi askarlari tomonidan o‘ldirilgan", dedi Kats.

SAXALning ma’lum qilishicha, HAMAS yetakchisi kecha,16 oktyabr kuni o‘tkazilgan operatsiya davomida o‘ldirilgan.

“SAXAL va Isroil Bosh xavfsizlik xizmati 2024 yil 16 oktyabrda Janubiy harbiy okrugi askarlari G‘azo sektori janubida o‘tkazgan operatsiya chog‘ida bir yillik ta’qibdan so‘ng Yahyo Sinvarni o‘ldirganini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

HAMAS harakati o‘z yetakchilaridan birining o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga hali rasman izoh bermadi.

"Bu mavzu bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot e’lon qilinmagan. Barcha izohlar HAMASning sahifalarida joylashtiriladi", deyiladi harakat bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil armiyasi matbuot xizmati G‘azo sektorida HAMASning uch nafar a’zosi yo‘q qilingani, ulardan biri HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Isroilning “Kan” davlat teleradiokompaniyasiga ko‘ra, DNK namunalarini o‘rganish Sinvarning o‘limini tasdiqlaydi. 

O‘z navbatida, “Al Arabiya” telekanalining ma’lum qilishicha, HAMAS rahbariyati o‘z yetakchisining o‘ldirilishi haqida 16 oktyabr kuni ma’lumot olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS TsAXAL Yahyo Sinvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made