Isroil Suriyaga raketalar bilan hujum qildi
Olam
−
21 aprel 2020
8863Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi Isroilning Palmiraga qilgan havo hujumini qaytardi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
“Havo hujumidan mudofaa tizimi Isroil tomonidan qilingan hujumni Palmira osmonida qaytarishga muvaffaq bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning bir nechta raketasi urib tushirilgan.
O‘tgan asrning 40-yillaridan beri Suriyaga tegishli bo‘lgan Golan tepaliklari 1967 yilda Isroil tomonidan bosib olingan. 1981 yilda Isroil parlamenti bir tomonlama ravishda ushbu hudud ustidan yahudiy davlatining suverenitetini e’lon qiladigan qonun qabul qildi. 1981 yil BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyani qabul qildi.
LiveBarchasi