Isroil Suriyadagi qishloqqa hujum qildi 

Olam

image

Bugun, 28 noyabr kuni Suriya janubidagi qishloqlardan biriga Isroil harbiy kuchlari hujum qildi. Oqibatda kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Isroil harbiylari esa bu hujumni “terrorchilarga qarshi amaliyot” deb atamoqda. Bu haqda “France24” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarni izlab, chegara hududda joylashgan Suriyaning Bayt Jin qishlog‘iga hujum qilgan. Unda 10 ga yaqin tinch aholi halok bo‘lgan. Yana ko‘plab aholi vayronalar ostida qolgan. Shundan so‘ng, qishloq aholisi yaqin atrofdagi xavfsiz hududlarga qochib ketgan.

Isroil armiyasi bu holatga munosabat bildirib, Livandagi “Jamoa Islomiya” guruhiga aloqadorlikda gumonlanganlarni hibsga olish operatsiyasini o‘tkazgani va amaliyot davomida olti isroillik askar yaralanganini ma’lum qildi.

“Gumonlanuvchilar Isroil tinch aholisiga qarshi teraktlar uyushtirgan va Suriya janubidagi Bayt Jin hududiga yashiringan ”,  deyiladi Isroil harbiylari bayonotida.

Isroil harbiylari o‘z qo‘shinlari o‘qqa tutilganini va shundan so‘ng ular havodan zarba berganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi (SAXAL) Livan janubida joylashgan “Hizbulloh” harakati obektlariga zarba bergani va guruh butun mamlakat bo‘ylab o‘z infratuzilmasini tiklashga urinayotganini iddao qilayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing