Isroil Suriya armiyasiga raketa hujumi uyushtirdi 

Olam

image

Isroil Harbiy-havo kuchlarining ikki qiruvchisi Damashq viloyatidagi Suriya armiyasi nishonlariga raketa hujumi uyushtirdi. Suriya harbiylari orasida hech qanday yo‘qotishlar yo‘q. Bu haqda Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari o‘rinbosari, kontr-admiral Vadim Kulit ma’lum qildi. 

“3 noyabr taxminan soat 02:00 da Isroil Harbiy-havo kuchlarining ikkita taktik F-16 qiruvchisi Jo‘lon tepaligi hududidan Suriya havo hududiga kirmasdan, Damashq viloyatining Al-Kisva aholi punkti hududida Suriya hukumati kuchlarining ob’ektlariga raketa zarbasi berdi”, degan Kulit brifingda. 

Ta’kidlanishicha, zarba kichik moddiy zarar keltirgan. Suriyalik harbiylar orasida qurbonlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing