Isroil sulh bitimi doirasida 30 nafar bolani ozod qildi

Olam

image

Isroil rasmiylari HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv doirasida 3 nafar falastinlik ayol va 30 nafar bolani ozod qildi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvning to‘rtinchi bosqichi doirasida Isroil qamoqxonalarida saqlanayotganlar orasidan 30 nafar bola va 3 nafar falastinlik ayol ozod qilingan.

Telekanal, shuningdek, falastinlik asirlar bo‘lgan avtobus Qizil Xoch jamiyati tibbiy guruhlari hamrohligida “Ofer” qamoqxonasidan chiqib, G‘arbiy Sohilda joylashgan Ramalloh shahriga yetib kelganini xabar qilgan. Bildirilishcha, ozod qilinganlardan kamida bittasi tibbiy yordamga muhtoj.

Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaroda to‘rt kunlik gumanitar pauza haqidagi kelishuv 24 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da kuchga kirdi.
Kelishuv Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik mahbusni HAMAS qo‘l ostidagi 50 nafar isroillik evaziga ozod qilishni ko‘zda tutadi.

Ozod qilinganlar orasida har ikki tomondan ayollar va bolalar bor.

Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng G‘azo sektoridagi to‘rt kunlik gumanitar pauzani kuniga qo‘shimcha 10 kishini garovdan ozod qilish sharti bilan uzaytirish imkoniyatini ijobiy baholashini aytgandi. Shu bilan birga, u pauza tugaganidan keyin Isroil har qanday holatda ham Falastin anklavida harbiy amaliyot o‘tkazishga qaytish niyatida ekanini ta’kidlagan. Keyinchalik Qatar TIV HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaroda "gumanitar pauza" bo‘yicha kelishuv yana 2 kunga uzaytirilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made