Isroil soxta bahonalar bilan Iroqqa tahdid qilmoqda – Bosh vazir
Olam
−
15:23
2331Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy Isroil uning mamlakatiga yolg‘on bahonalar bilan tahdid qilayotgani va Iroq o‘z hududidan Isroilga qarshi hujumlar uchun tramplin sifatida foydalanishga ruxsat bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Bag‘doddagi tadbirda so‘z ochdi.
“Sionistik tuzum (Isroil) yolg‘on va asossiz bahonalar bilan tahdidlar qilmoqda. Iroqdan hujumlar uchun tramplin sifatida foydalanishga ruxsat bermaymiz”, deb ta’kidladi u.
Hukumat rahbari Isroilni jangovar hududni kengaytirishdan bosh tortishga chaqirdi va Tashqi ishlar vazirligiga Isroil tahdidlari masalasini xalqaro tuzilmalar muhokamasiga olib chiqishni topshirganini aytdi.
Ma’lumot uchun, oldinroq Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Isroildan tahdidli xat olganini aytgan, biroq bu urushga olib kelishi shart emasligini ta’kidlagan edi. Isroil Iroqda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qurolli guruhlarga hujum qilish bilan tahdid qilganlikda ayblanmoqda. Shu bilan birga, ushbu guruhlar vakillari vaqti-vaqti bilan Isroil nishonlariga hujum uyushtirganini da’vo qilmoqda.
LiveBarchasi