Isroil samolyoti Jeninga zarba berdi

Olam

image

Isroil harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot G‘arbiy Sohildagi Jenin shahridagi qochqinlar lageriga zarba berib, besh nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat havo kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun tunda Jenin qochqinlar lagerida keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasi vaqtida Harbiy havo kuchlari samolyoti qurolli guruhlarga hujum qildi. Havo hujumida besh nafar jangari halok bo‘ldi”, deyiladi Harbiy havo kuchlarining X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) rasmiy sahifasida e’lon qilingan bayonotida.

“Al Jazeera” telekanalining xabar qilishicha, 17 noyabrga o‘tar kechasi Isroil qo‘shinlari Iordan daryosining g‘arbiy sohilida harbiy reydlarini davom ettirib, Jenin shahriga shimol va sharqdan bostirib kirgan. Shuningdek, Isroil harbiy xizmatchilari va Falastin qarshilik kuchlari o‘rtasida shiddatli otishmalar bo‘lgan. Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, Isroil qo‘shinlari shahar infratuzilmasi va ko‘chalarini buldozer bilan bosib bormoqda.

WAFA agentligi esa Jeninda Isroil uchuvchisiz samolyoti hujumi oqibatida kamida uch falastinlik halok bo‘lgani va kamida to‘qqiz kishi yaralanganini xabar qilgan. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tgan kechada o‘lganlar soni haqida hali ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Mudofaa kuchlari Jenin shahridagi “Ibn Sino” shifoxonasini qurshab olgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Jenin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made