Isroil sabab Baydenning reytingi rekord darajada tushib ketdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning siyosatini ma’qullash reytingi 2021 yilda u prezidentlikka kelganidan beri rekord darajaga tushib ketdi. NBC telekanalining milliy so‘rovi shuni ko‘rsatdi.

Aytilishicha, Isroilning G‘azodagi harakatlari fonida Jo Baydenning AQSH Prezidenti sifatidagi faoliyatini amerikaliklarning ma’qullash darajasi 40 foizga tushgan. AQSHda Baydenning prezidentlik faoliyatini ma’qullamaganlar ulushi 57 foizga yetgan. Taqqoslash uchun: joriy yilning yanvar oyida shunga o‘xshash so‘rovda Baydenning prezidentligini ma’qullaganlar ulushi 46 foizni, qarshilar esa 50 foizni tashkil qilgan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunday natijalar, birinchi navbatda, Jo Baydenning tashqi siyosati, xususan, uning Isroil harakatlariga nisbatan pozitsiyasi bilan bog‘liq. Respondentlarning atigi 33 foizi Jo Bayden ma’muriyatining tashqi siyosatini ijobiy baholagan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 62 foizi bunga qarshi fikr bildirgan. 

NBC’ning ta’kidlashicha, shu fonda 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida Baydenni qo‘llab-quvvatlash keskin kamaygan. Ularning deyarli 70 foizi Baydenning Isroilga nisbatan pozitsiyasini ma’qullamaydi.

Bundan tashqari, so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, saylovchilarning qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘yicha Bayden birinchi marta AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampdan ortda qolgan. Amaldagi davlat rahbarining ochko yo‘qotgani demokratlar orasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, ularning ko‘pchiligi “Isroil G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarida haddan tashqari uzoqqa ketdi”, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made