Isroil Rafah shahri chetiga zarbalar berdi – AFP
Olam
−
10 fevral
4042Bugun, 10 fevral kuni Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining janubiy qismiga zarbalar berdi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Bir kun avval Bosh vazir Binyamin Netanyaxu harbiylarga bu qishloqdan tinch aholini evakuatsiya qilish va Rafah hamda HAMAS harakati kuchlarini yo‘q qilish rejasini ishlab chiqishni buyurgan edi.
Netanyaxu tinch aholini qayerga evakuatsiya qilish mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Shu bilan birga, “Reuters” agentligining Isroil rasmiylari orasidan manbasi Rafah aholisi G‘azo sektorining shimoliy hududlariga yuborilishi mumkinligini aytgan.
“2023 yil oktyabr oyida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan so‘ng, 1,3 millionga yaqin falastinlik ichki ko‘chirilganlar Rafahda boshpana topdi”, deb yozadi AFP.
Norvegiya Qochqinlar kengashi rahbari Yan Egelandning BBC'ga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, qochqinlar oziq-ovqat va ichimlik suvi tanqisligi sharoitida.
Human Rights Watch (HRW) inson huquqlari tashkiloti Isroil Bosh vaziri pozitsiyasini tanqid qildi.
“Rafahdagi bir milliondan ortiq falastinlik qochqinlarni xavfsiz joysiz yana evakuatsiya qilishga majburlash noqonuniy bo‘ladi va halokatli oqibatlarga olib keladi”, dedi HRW vakili Nadiya Xardman.
U xalqaro hamjamiyatni yangi vahshiyliklarni to‘xtatish uchun aralashishga chaqirdi.
LiveBarchasi