Isroil portlatgan G‘azodagi shifoxonalarning “lokatsiya”sini AQSH bergan – “Politico”

Olam

image

AQSH Isroilga G‘azodagi gumanitar ob’ektlarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni bermoqda. Bu haqda "Politico" nashrining tahlilida so‘z yuritiladi

Nashrning yozishicha, Bayden ma’muriyati bir necha hafta davomida Isroilga G‘azodagi gumanitar guruhlar ob’ektlariga zarba berilishining oldini olish maqsadida, ularning joylashuv nuqtasini yetkazmoqda, ammo Isroil xuddi shu hududlarga qarata raketa otyapti.

O‘zaro aloqalarda ishtirok etgan rasmiyning "Politico"ga aytishicha, SAXALga Amerika tomonidan tibbiy muassasalarning GPS koordinatalari va yordam guruhlarining harakat yo‘nalishlari ham berib borilgan.

G‘azodagi xuddi shunday tibbiy muassasalarning orasida "Ash-Shifa" shifoxonasi ham bo‘lgan, uning koordinatalari ham hujum qilmaslik sharti bilan Vashington tomonidan Tel-Avivga yuborilgan.

AQSH rasmiylarining ommaviy bayonotlarida esa G‘azo sektoridagi yordam guruhlari HAMASning tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani va shifoxonalar ostida harakatning tunnellari borligi tufayli harakatlanishda qiynalayotganini ta’kidlayapti.

"Shunga qaramay, Isroilning ushbu gumanitar ob’ektlarni bombardimon qilishda davom etishi Vashington ma’muriyati Isroil ustidan siyosiy ta’sirga egami yoki yo‘qmi degan haqli savollarni tug‘diradi", deyiladi nashr tahlilida.

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama davrida Yaqin Sharq davlatlari bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatishda ko‘p hissa qo‘shgan Robert Fordning aytishicha, ushbu o‘rinda "Bayden ma’muriyati sahna ortida harakat qilayotgan ham bo‘lishi mumkin, lekin ular hech narsaga erisha olmayapti".


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing