Isroil mamlakat shimolidagi havo hududini yopdi
Olam
−
31 iyul 2024 8043 1 daqiqa
Isroil armiyasining Bayrut va Tehrondagi hujumlaridan keyin mintaqadagi keskinlik tufayli mamlakat shimolidagi havo hududi yopildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Isroil matbuoti mamlakat shimolidagi havo hududi Hadera shahridan boshlab parvozlar uchun yopiqligini bildirmoqda. Parvozlarni taqiqlash 24 soat davomida amal qiladi va mintaqadagi yo‘llarda hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi.
Isroil armiyasi kecha, 30 iyul kuni Livan poytaxtiga havo hujumlari uyushtirgani, oqibatda “Hizbulloh” harakati qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukr halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Bugun, 31 iyul kuni ertalab HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Eron poytaxtida uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi.