Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov joriy yilning 9 mart kuni AQSHda o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bir necha soat avval uning navbatdagi raqibi nomi ham ma’lum bo‘lgan. 

Unga ko‘ra, Madrimov venesuelalik Frenk Roxasga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga ko‘tarilib, 24 bor zafar quchgan. G‘alabalarining 23 tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.

Isroil Madrimov ayni damda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingining to‘qqizinchi pog‘onasida turibdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing