Isroil Madrimovga uy sovg‘a qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi Isroil Madrimovga (-75 kg) uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan xalqaro arenalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bokschilar bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etilgan.

Tadbirda Isroil Madrimov hamda Osiyo chempioni, WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev ishtirok etgan.

Tadbir yakunida Olmaliq shahar hokimligi tomonidan Toshkent viloyati vakili Isroil Madrimovga shaharda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali uy sovg‘a qilindi va tegishli sertifikat taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

916

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing