Isroil Madrimov uylandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 24 avgust kuni o‘zbeikstonlik porofessional bokschi Isroil Madrimovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.

To‘y marosimida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, bokschilardan Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov va boshqalar ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, 24 avgustdagi to‘y marosimi Madrimov tug‘ilib o‘sgan joy Xorazmning Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan. 29 avgust kuni Toshkentda ham yana bir marosim tashkil qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyul kuni Isroil Madrimov fransiyalik  Mishel Soroga qarshi revansh jangida ringga chiqqan edi. Ushbu jang Soroning 3 raundagi jarohati sababli texnik durrang bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov Soro bilan ikkinchi jangni inobatga olmaganda, professional boksdagi faoliyati davomida 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 6 tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

1067

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing