Isroil Madrimov IBF va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempionini ringga chorladi

Sport

image

Isroil Madrimov IBF va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempionini ringga taklif qildi. Bu haqda Boxingscene.com nashriga tayanib IIV Axborot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekistonlik bokschi Djeyson Rosarioga qarshi jang o‘tkazmoqchi. Madrimov jahon chempioni kamari uchun ringga chiqishga tayyor ekanini bildirdi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, Madrimov shu kungacha yengilgani yo‘q. Uning natijasi (5-0, 5 KO), bo‘lajak raqibining natijasi esa (20-1-1, 14 KO).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi xodimi bo‘lgan leytenant Madrimov oxirgi jangini venesuelalik Charli Navarroga qarshi o‘tkazgan edi. Ushbu jangida o‘zbekistonlik bokschi raqibini 6 raunddayoq nokaut bilan yenggan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing