Isroil Livanga zarba berdi (video)

Olam

image

Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Livan havo hududiga bostirib kirdi va “Hizbulloh”ning yirik posti joylashgan Baalbek shahri chekkasida (Bayrutdan 90 km uzoqlikda) raketa hujumlarini boshladi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, Sarin hududidagi uylardan biriga raketalar otilgan, u yerga Livan Qizil Xoch jamiyati tez yordam mashinalari yo‘l olgan. Tinch aholi orasida yaralanganlar ham bor. Ikkinchi zarba Nabi Shit shahriga urildi.

26 fevraldan beri bu Livan sharqidagi “Hizbulloh” bazalariga beshinchi havo hujumidir.

Livan Tashqi ishlar vazirligi mart oyida BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat yuborib, Isroilning “mojarolarni qasddan kuchaytirishi va aholi turar joylariga hujumlarini” qoralashni talab qilgan edi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 8 oktyabrdan buyon 300 dan ortiq kishi Isroilning bombardimonlari va o‘qqa tutilishi qurboni bo‘lgan, ulardan 74 nafari tinch aholi vakillari, 1,2 ming nafari jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing