Isroil Livan bilan muzokaralarni boshladi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Netanyaxuning aytishicha, muzokaralar asosan “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish va ikki davlat o‘rtasida tinch munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi. U Livan tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot boshlashga bo‘lgan chaqiriqlarni ham ijobiy baholagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar yaqin kunlarda boshlanishi, keyingi haftada esa AQSHda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilib, Livanga zarbalarni kamaytirishni so‘ragan. Maqsad – Eron bilan erishilgan sulhning buzilib ketishini oldini olish.

CNN va boshqa manbalarga ko‘ra, aynan Trampning iltimosi Netanyaxuning muzokaralarni boshlash qaroriga ta’sir ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, Isroil tomoni hozircha to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinmaganini bildirgan.

Shuningdek, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon agar Livanga hujumlar davom etsa, mamlakat AQSH va Isroilga qarshi javob qaytarishini ogohlantirgan.

Livan tomoni vaqtinchalik sulhga erishishga harakat qilmoqda. Shuningdek, AQSHni muzokaralarda vositachi va kelishuv kafili sifatida ko‘rishni istamoqda.

Ayni paytda Isroil rasmiylari Livan bilan muzokaralar boshlanishidan oldin “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejalashtirilmaganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni AQSH va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 8 aprel kuni Livanning janubida joylashgan Al-Kalaila aholi punkti yaqinida Isroil droni tez yordam mashinasiga zarba bergandi. Bu harakat AQSH va Eron kelishgan 2 haftalik bitimning amalda buzilishidir. Chunki sulh AQSH va Eron o‘rtasida tuzilgan bo‘lishiga qaramay, uni Isroil ham qabul qilgan. Eron tomonidan taqdim etilgan bitimda Livanga zarba bermaslik sharti ham qo‘yilgandi. Buni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Livan Hizbulloh Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing