Isroil kuchlari vayronagarchilik izlarini qoldirib, Jenindan chiqib ketdi

Olam

image

Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda bir necha oy olib borilgan harbiy amaliyotlardan so‘ng bugun, 6 sentyabr kuni Falastinning Jenin shahridan chiqib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, to‘qqiz kunlik operatsiya davomida minglab aholi uylarini tashlab ketgan. Bu vaqt davomida Isroil qo‘shinlari falastinliklar bilan to‘qnash kelgan.

“Ular kirganlarida buldozerlardan foydalanib, hamma narsani vayron qila boshladi. Hech narsa qolmadi”, deydi Jenin shahrida yashovchi aholi vakili Samaher Abu Nassa.

Manbaga ko‘ra, suv va elektr ta’minoti uzilib qolgan va taxminan 20 km yo‘l Isroil buldozerlari tomonidan qazilgan. Harbiylar yo‘l chetidagi bombalarni zararsizlantirmoqda, ammo shahar markazining ko‘p qismi vayron qilingan. Xususan, yo‘llar ostiga o‘rnatilgan 30 ta portlovchi modda demontaj qilingan.

Ma’lumot uchun, operatsiya davomida 14 nafar Falastin askari, jumladan, Jenindagi HAMASning mahalliy qo‘mondoni ham o‘ldirilgan.

Isroil hujumi davomida Jenin shahrida jami 21 kishi halok bo‘lgan. Ular qurolli fraksiyalar a’zosi deb da’vo qilingan, biroq qurbonlarning bir qismi tinch aholi vakillari bo‘lgan, xususan, 16 yoshli qiz derazadan tashqariga qaraganda snayperdan o‘qqa tutilgan va halok bo‘lgan.

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 680 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi harbiylar sifatida qayd etilgan, biroq norozilik namoyishlarida ishtirok etgan yoshlar va zo‘ravonliklarga aloqasi bo‘lmagan tinch aholi vakillari ham hujumga uchrab vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroildagi parlament muxolifati yetakchisi Yair Lapid HAMAS harakati bilan garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'arbiy Sohil Jenin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made