Isroil Xalqaro suddan G‘azodagi genotsid bo‘yicha ishdan voz kechishni so‘radi
Olam
−
12 yanvar
8403Isroil Xalqaro suddan Janubiy Afrikaning “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risida”gi konvensiyaning buzilishi bo‘yicha da’vosini ko‘rib chiqishdan bosh tortishni so‘ramoqda. Bu haqda sud majlisida yahudiy davlatini himoya qiluvchi advokat Gilad Noy so‘z ochdi.
“Taqdim etilgan dalillarni hisobga olgan holda, Isroil BMT sudidan da’vogar tomonidan qo‘yilgan profilaktik choralar talabini rad etishni va ishni ko‘rib chiqishdan olib tashlashni so‘raydi”, deydi advokat.
Isroil delegatsiyasining suddagi yana bir vakili, Tashqi ishlar vazirligining yuridik maslahatchisi Tal Bekker esa Janubiy Afrika "sudga chuqur buzilgan faktik va huquqiy rasmni taqdim etgan"ini iddao qildi.
“Afsuski, sudga ishlarning faktik va huquqiy holati to‘g‘risida chuqur buzib ko‘rsatilgan rasm taqdim etildi”, dedi Bekker.
“Da’vogar Isroil o‘zi boshlamagan va o‘zini XAMAS, Falastin Islomiy Jihodi va shafqatsizligi chegara bilmaydigan boshqa terrorchi tashkilotlardan himoya qilayotgan urush kontekstida “genotsid” atamasiga murojaat qildi. Genotsid konvensiyasining yaxlitligini, shuningdek, sudning uning vasiysi sifatidagi rolini saqlab qolish uchun ushbu da’vo va uning so‘rovi rad etilishi kerak. Chunki u Isroilni misli ko‘rilmagan terror hujumidan xalqaro huquqqa muvofiq o‘zini o‘zi himoya qilishdan mahrum qilishga intiladi”, deydi Bekker sud majlisida.
Shuningdek, advokat Janubiy Afrika da’vosini tuhmat, Isroilni G‘azodagi harbiy operatsiyani to‘xtatishga chaqiriqni esa “vijdonsizlik”, deb atagan.
"Isroilning G‘azodagi harakatlari odamlarni yo‘q qilish emas, balki ularni himoya qilishga qaratilgan. Isroil Falastin xalqiga qarshi emas, HAMAS bilan mudofaa urushi holatida", deya da’vo qiladi u.
Advokatning fikricha, sud Isroilga emas, aksincha, “HAMAS bilan aloqalarni saqlab qolgani” uchun Janubiy Afrikaga nisbatan vaqtinchalik choralar qo‘llashi kerak.
Ma’lumot uchun, kecha, 11 yanvar kuni Gaagadagi Xalqaro sudda Janubiy Afrika Respublikasi da’vosi bo‘yicha Isroilga qarshi ishni ko‘rib chiqish boshlandi. 20 dan ortiq kishidan iborat Janubiy Afrika delegatsiyasiga ushbu mamlakat Adliya va axloq tuzatish xizmatlari vaziri Ronald Lamola boshchilik qilmoqda.
Isroil Xalqaro sudning yurisdiksiyasini tan olmasa va shu paytgacha uning jarayonlari yoki qarorlarini e’tiborsiz qoldirgan bo‘lsa-da, bu jarayonlarda ishtirok etmoqda. Isroil delegatsiyasiga britaniyalik huquqshunos Malkolm Shou boshchilik qilmoqda.
Sud majlisining birinchi kunida Janubiy Afrika delegatsiyasi so‘zga chiqdi. Janubiy Afrika vakili o‘z nutqida sudni Isroilga G‘azodagi harbiy amaliyotini to‘xtatish, aholisining oziq-ovqat, suv va gumanitar yordamdan foydalanishini ta’minlash hamda xalqaro missiyalarning G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qilmaslikni talab qildi. Janubiy Afrika tomoni suddan Isroilni vaziyatni yomonlashtiradigan va sud jarayonini murakkablashtiradigan har qanday harakatlardan tiyilishga majburlashni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning BMT Xalqaro sudidagi delegatsiyasi rahbari, britaniyalik huquqshunos Malkolm Shou yahudiy davlatining G‘azo sektorini doimiy ravishda bosib olish yoki aholisini ko‘chirish maqsadi yo‘qligini aytgandi.
LiveBarchasi