Isroil gumanitar yordam mashinasiga zarba berdi
Olam
−
04 mart
6486Kecha, 3 mart kuni Isroil harbiylari G‘azo sektori markazida gumanitar yordam olib ketayotgan mashinaga zarba berdi, oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Tibbiy manbalar va guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektori markazidagi Dayr-Balah shahrida insonparvarlik yordami olib ketayotgan avtomobil Isroil tomonidan o‘qqa tutilgan.
Ismini aytmagan guvohning aytishicha, u kecha, 3 mart kuni suv qudug‘iga ketayotganida fojiaviy raketalar zarbasini ko‘rgan.
“Yuk mashinalari gumanitar yordam olib ketayotgan edi. Uning ichida ko‘ngilli fuqarolar ham bor edi. Ular ko‘chirilgan G‘azo aholisiga oziq-ovqat olib kelishayotgandi. Dayr al-Baloh xavfsiz hudud deyishgandi”, deya ta’kidlaydi guvoh.
Isroil harbiylari tomonidan hozircha hech qanday izoh berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 29 fevral kuni Isroilning G‘azo sektorida gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga hujum qilgani oqibatida 100 dan oshiq odam halok bo‘lgandi. BMT Xavfsizlik Kengashi esa AQSHning qarshiligi sabab mazkur holat uchun Isroil harbiylarini ayblagan bayonotni qabul qila olmadi.
LiveBarchasi