Isroil G‘azoga 125 ta gumanitar missiya kirishiga ruxsat bermadi – BMT

Olam

image

Isroil rasmiylari avgust oyi boshidan beri G‘azo sektoridagi 425 ta gumanitar missiyadan 125 tasiga kirishga ruxsat bermadi. Bu haqda BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, anklav shimolida 147 ta shunday operatsiya rejalashtirilgan, biroq Isroil tomoni ularning 46 tasini (31 foiz) o‘tkazishdan bosh tortgan. G‘azo janubiga 278 ta gumanitar missiya yetib borishi kerak edi, biroq Isroil hukumati ulardan 79 tasini (28%) rad etgan. Bugungi kunda G‘azo sektorida oziq-ovqat, dori-darmon va suvni tozalash vositalari yetishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, G‘azo sektorida vayronalar ostida 600 ming nafar bola qolayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo gumanitar missiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made