Isroil G‘azoga hujumni qayta boshladi
Olam
−
01 dekabr 2023
4506Isroil va HAMAS o‘rtasida 24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan va ikki marta – mos ravishda 27 va 29 noyabrda uzaytirilgan sulh muddati tugadi. Bugun, 1 dekabr kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga hujumni qayta boshladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“HAMAS operatsiya pauzasini buzdi va qo‘shimcha ravishda Isroil hududiga o‘q uzdi. Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo sektorida HAMASga qarshi hujumni qayta boshladi. Mudofaa kuchlari jangarilari G‘azo sektoridagi HAMAS marralariga zarba berdi. To‘liq tafsilotlar keyinroq beriladi”, deyiladi Isroil mudofaa kuchlarining Telegram'dagi xabarida.
O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi o‘tgan juma kuni kuchga kirgan. Bunga Qatar, Misr va AQSH vositachiligida erishildi.
Shartnoma G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berishni va "bir garovga uch mahbus" formulasi bo‘yicha isroillik garovga olinganlarni falastinlik asirlarga almashtirishni o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki kelishuvga ko‘ra, 4 kun davomida HAMAS garovdagi 50 nafar isroillikni, Isroil esa qamoqdagi 150 nafar falastinlikni ozod qilishi kerak edi. 27 noyabr kuni tomonlar sulhni yana ikki kunga uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Bu vaqt ichida HAMAS garovdagilar orasidan yana 20 nafar ayol va bolani ozod qilishi kerak.
LiveBarchasi