Isroil G‘azoga hujumlarini kengaytirmoqchi

Olam

image

Isroil armiyasi 19 yanvar kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan keyin qayta boshlagan blokadadagi G‘azo sektoriga hujumlarni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bu haqda SAXAL matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil armiyasining eng yirik 36-zirhli diviziyasi, jumladan, zirhli texnika va tanklar Janubiy harbiy okrugning mas’uliyat zonasida ishg‘olni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rish arafasida joylashtirilgan.

Bildirilishicha, minglab askarlardan iborat qo‘shinlar “hujum operatsiyalari”da qatnashishga hozirlik ko‘rmoqda. Isroil armiyasi, shuningdek, 36-zirhli diviziya avvalroq G‘azo shimoli va Livan janubiga hujumlarda qatnashganini eslatdi.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi 19 yanvardan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan so‘ng, 18 mart kuni ertalab blokadadagi G‘azo sektoriga intensiv hujumlarni davom ettirdi.

Yangilangan hujumlardan buyon 670 dan ortiq falastinlik, asosan keksalar, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, 1200 dan ortig‘i yaralandi.

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi north_east

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi

2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 50 ming 21 nafarga, yaradorlar soni esa 113 ming 274 nafarga yetdi.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgan Isroil “yangi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflarni rad etish”ga javoban HAMASga qarshi harbiy kuchini oshirib harakat qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

HAMAS, o‘z navbatida, Isroilni va’dalarini bajarmaganlikda ayblab, yahudiy davlati “G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi genotsid”ni qayta boshlaganini va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vositachilar oldidagi majburiyatlarini bajara olmaganini aytdi.

Qayd etish joiz, Isroil G‘azoga hujumlarni Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning munozarali siyosiy qarorlari, jumladan, mamlakat ichki xavfsizlik va razvedka xizmati bo‘lmish Shin Bet rahbari lavozimidan chetlatilishi fonida boshlagan.

20 mart kuni Isroil armiyasi G‘azoni shimoliy-janub chizig‘i bo‘ylab ikki qismga bo‘luvchi Netzarim koridoriga quruqlikdan bostirib kirish boshlanganini e’lon qildi. Isroil kuchlari G‘azo sektori atrofidagi bufer zonada ham o‘z ishg‘olini kengaytirib, Bayt-Laxiya va Xon Yunus sohilidagi hududlarni egallashda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing