Isroil G‘azodagi sulh bitimi uchun yangi shartlarni ilgari surmoqda – “Reuters”

Olam

image

Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va HAMAS bilan garovga olinganlarni qo‘yib yuborish rejasiga o‘zgartirishlar kiritmoqchi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbalarning aytishicha, iyul oyi boshida Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Isroil rasmiylari tinch aholi G‘azo sektorining janubidan shimolga ko‘chayotganda tekshiruvdan o‘tishi kerak degan yangi shartni ilgari surgan.

“Isroil muzokaralarida ishtirok etayotgan rasmiylar aholining HAMASni qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqib, G‘azo shimoliga qaytayotgan tinch aholini tekshirish mexanizmini yaratmoqchi”, deyiladi xabarda. 

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS bu shartni rad etgan. Shuningdek, Isroil o‘z armiyasiga G‘azo va Misr o‘rtasidagi chegarani nazorat qilishni talab qilgan.

HAMAS vakili esa “Isroil tomonining murosasizligi hamda yahudiy davlatining muzokaralarni sekinlashtirish va kechiktirish taktikasi tufayli birmuncha vaqt oldin muzokaralar to‘xtab qolganini” aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Falastin sektoridagi mojaroni hal qilish uchun “oxirgi taklifdan tashqari yangi shartlarni ilgari surdi”.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing