Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi. 15 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
25 avgust 2025 1878 1 daqiqa
Bugun, 25 avgust kuni Isroil G‘azodagi Nosir shifoxonasiga bergan zarbalarida kamida 15 kishi, jumladan, uch jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash rasmiylariga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
Rasmiylarga ko‘ra, zarbalar oqibatida halok bo‘lgan jurnalistlardan biri, operator Hussam al-Masri “Reuters” agentligi uchun ishlagan. Unda ishlagan fotosuratchi Xotam Xolid esa yaralangan.
Isroil harbiylari ham, Isroil Bosh vaziri idorasi ham zarbalar yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 20 avgust kuni Isroil armiyasi (SAXAL) G‘azo shahriga bostirib kirishni boshlaganini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi