Isroil G‘azodagi Nuseyrat qochqinlar lageriga yana zarba berdi

Olam

image

Isroil kuchlarining G‘azo sektori markazidagi Nuseyrat falastinlik qochqinlar lageriga navbatdagi zarbasi tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Qatarning “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, masjid yonida joylashgan uy o‘qqa tutilgan. Halok bo‘lganlar va yaradorlar soni haqida ma’lumot berilmagan.

El-Bureyj qochqinlar lageri hududida HAMAS va isroillik jangchilar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. U yerda tanklar joylashtirilgan.

Kecha, 29 dekabr kuni Isroilning Nuseyrat lageriga bergan zarbasi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, bir necha turar-joy binolariga hujum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Nuseyrat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made