Isroil G‘azodagi maktabga zarba berdi. Qurbonlar soni 100 dan oshdi

Olam

image

Bugun, 10 avgust kuni SAXALning G‘azo sektoridagi maktabga bergan zarbasi oqibatida 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin rasmiylarining ma’lumotlariga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

G‘azo hukumati matbuot xizmatining ishg‘oldan keyingi bayonotiga ko‘ra, Isroilning maktabga hujumi falastinliklar bomdod namozini o‘qiyotganida amalga oshirilgan va bu qurbonlar sonining tez o‘sishiga sabab bo‘lgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining guvohlarning akkauntlariga asoslanib xabar berishicha, maktabda 250 ga yaqin odam bo‘lgan.

Falastinlik jurnalist Xossam Shabat Isroil harbiylari ushbu hududga suv kirishini to‘xtatgani sababli qutqaruv guruhlari alanga ostida qolganlarga yordam bera olmaganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Isroil armiyasi o‘z bayonotida havo kuchlari HAMAS qo‘mondonlari uchun yashirin joy bo‘lib xizmat qilgan va G‘azo shahri aholisi uchun boshpana bo‘lgan qo‘mondonlik va boshqaruv markaziga zarba berganligini ta’kidladi. Falastin rasmiylari esa bu da’voni rad etdi. 

“Dushman armiyasining maktablarni yo‘q qilish uchun bahonalari ilgari shifoxonalarni yo‘q qilish uchun ishlatilgan bahonalardir va ular yolg‘on ekanligi isbotlangan”, deyiladi Falastin rasmiylari bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 avgust kuni Isroil G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahriga quruqlikdagi hujumlari qayta boshlangani e’lon qilingandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing