Isroil G‘azodagi qilmishlari uchun javob beradi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan kecha, 12 aprel kuni telefon orqali muloqot qilib, Isroil G‘azo sektoridagi qilmishlari uchun javob berishiga ishora qildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbat haqida Turkiya televideniyesi orqali Turkiya Prezidenti ma’muriyati aloqa bo‘limi boshlig‘i Fahrettin Altun ma’lum qildi. 

Erdo‘g‘an Abbosga vaziyat qaysi tomonga o‘zgarmasin, Turkiya Isroilning G‘azo sektoriga vahshiylarcha hujumlariga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini aytgan.  

“Isroil bu ta’qib va zulm uchun badal to‘laydi, albatta. Biz o‘t ochishni to‘xtatish uchun barcha kuchlarni safarbar qilishimiz, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini amalga oshirishimiz kerak. Isroilga qarshi qat’iy va birlashgan front bilan kurashishimiz lozim”, deydi Turkiya rahbari. 

Suhbat G‘azo sektorida Turkiyaning TRT (TRT Arabi) telekanalining arab xizmatidan suratga olish guruhining o‘qqa tutilishi bilan bog‘liq voqea fonida bo‘lib o‘tdi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Sektorning markaziy qismidagi Nuseyrat qochqinlar lageri hududida jurnalistlar efirga chiqish uchun ketayotgan mashina o‘qqa tutildi. Operator Sami Shahada jiddiy jarohat oldi. Uning oyog‘ini kesish kerakligi aytilmoqda. Operatorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda va uning hayotiga tahdid bor. Telekanal muxbiri Sami Berxum jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Mahmud Abbos G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing