Isroil G‘azoda yordam kutayotgan odamlarga qarata o‘t ochdi
Olam
−
11 iyun 6180 1 daqiqa
Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Netzarim koridori hududida gumanitar yordam kutayotgan tinch aholiga uyushtirgan hujumida kamida 22 falastinlik halok bo‘ldi, ko‘p sonda yaralandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Tibbiy manbalar va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari 11 iyun kuni erta tongda gumanitar yordam olish uchun yig‘ilgan falastinliklarga qarata o‘t ochgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan va yana ko‘p odamlar yaralangan.
Manbalarning qayd etishicha, mintaqadagi og‘ir gumanitar vaziyatga qaramay, ochlikdan azob chekayotgan aholiga hujumlar davom etmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr