Isroil G‘azoda 60 kunlik otashkesimga rozi bo‘ldi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar vakillari Isroil bilan G‘azo sektorida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha shartlarni kelishib olganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Isroil 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan shartlarga rozi bo‘ldi. Shu vaqt ichida biz barcha tomonlar bilan urushni tugatish yo‘lida ishlaymiz. Qatarliklar va misrliklar – tinchlik o‘rnatish yo‘lida juda ko‘p harakat qilgan davlatlar bu yakuniy taklifni taqdim etadi”, deb yozdi Tramp.

U, shuningdek, “Yaqin Sharq manfaati yo‘lida” HAMAS ushbu bitimni qabul qilishiga umid bildirgan.

“Negaki, bundan yaxshirog‘i bo‘lmaydi, faqat yomonlashadi”, deydi u.

Qayd etish joiz, G‘azoda harbiy harakatlar 2023 yil oktyabrda yana boshlangan edi. 2024 yil yanvarda tomonlar ikki oy davom etgan vaqtinchalik sulhga kelishgan. 18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azoga yana zarba bergan. Aprel oyida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff sulhni ba’zi garovdagilarni ozod qilish evaziga uzaytirishni taklif qilgan edi. Isroil bu taklifni qabul qilgan, biroq HAMAS rad etgan. Shundan so‘ng Isroil armiyasi Falastinda harbiy amaliyotlarni kengaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda G‘azo sektorida sulhga erishish ushbu haftadayoq amalga oshishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing