Isroil G‘azo markazida HAMAS yetakchilarining tunnellarini topdi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shahri markazida HAMAS yetakchilari foydalanadigan keng tunnel tizimini topdi. Bu haqda kecha, 20 dekabr kuni SAXAL ma’lum qildi.

Isroil harbiylarining tushuntirishicha, asosiy rolni HAMAS siyosiy va harbiy rahbariyatining “boshpanalari, shtab-kvartiralari va xonadonlariga” borish uchun yerosti yo‘llaridan foydalanish mumkin bo‘lgan maydonlardan biri egallaydi.

"Falastin maydoni" G‘azoning "elita kvartalida" joylashgan bo‘lib, u Isroil askarlari tomonidan nazoratga olingan. Maydon HAMAS harbiy qo‘mondonligi markazi bo‘lgan va u shtab-kvartirasi vazifasini bajargan binolar, terrorchilarning tunnel shaxtalari va HAMASga tegishli strategik binolar bilan o‘ralgan”, deya ta’kidlaydi SAXAL.

Isroil tomonining da’vo qilishicha, harbiy infratuzilma “do‘konlar, hukumat binolari, turar-joy binolari va kar bolalar uchun maxsus maktab yaqinida” joylashgan.

“Ushbu tunnellar tarmog‘i Al-Rantisi va As-Shifa shifoxonalari hududidagi yerosti infratuzilmasi bilan bog‘langan. Tunnellar liftlar va portlovchi eshiklar bilan jihozlangan, ayrim hollarda oziq-ovqat, suv va energiya infratuzilmasi topilgan. Bu HAMAS jangarilariga uzoq vaqt yashirinish imkonini beradi”, deyiladi Isroil armiya matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin Isroil armiyasi Isroilning G‘azo sektori bilan chegarasidagi Erez o‘tish joyidan 400 metr uzoqlikda joylashgan va 4 kilometrdan oshiq tunnel tizimini aniqlagan. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerosti tizimi shunchalik kattaki, kichik avtomobillar u yerda harakatlana oladi. 

Tunnellarda kanalizatsiya, yorug‘lik, ventilyatsiya va aloqa vositalari, shuningdek, foydalanishga tayyor bo‘lgan ko‘plab qurol-yarog‘lar bor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Mudofaa kuchlari HAMAS joylashgan tunnel majmuasiga dengiz suvini quya boshlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tunnel' Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing