Isroil Falastinni tan olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarga do‘q-po‘pisa qildi

Olam

image

Isroil Falastin davlatining tan olinishi mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyatlarini puchga chiqarishini e’lon qildi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Yahudiy rasmiylari Falastinni davlat sifatida tan olishga tayyorlanayotgan to‘rtta Yevropa davlati – Ispaniya, Irlandiya, Malta va Sloveniyani ogohlantirgan va buni terrorizmni qo‘llab-quvvatlash sifatida baholagan.

"Falastin davlatini tan olish yo‘lida ishlash rejasi qo‘shnilar o‘rtasidagi mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyatlarini kamaytiradi va bu terrorizmni qo‘llashdir", degan Isroil TIV.

Ta’kidlash joizki, Ispaniya 22 mart, juma kuni Irlandiya, Malta va Sloveniya bilan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi uchun falastinliklar tomonidan G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorida e’lon qilingan davlatni tan olish yo‘lida ilk qadamlarni tashlashga kelishib olgan edi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats ushbu masalani sharhlar ekan, ziddiyatni faqat tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali hal qilish mumkinligini ta’kidladi.

“Falastin davlatini tan olish yo‘lidagi har qanday harakat yechimni uzoqlashtiradi va mintaqaviy beqarorlikni oshiradi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon al-Saud mamlakat Falastin masalasi hal etilsa, Isroil davlatini tan olishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi va bunga Falastin tomonidan salbiy munosabat bildirilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Falastin tan olmoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing