Isroil falastinlik ishchilarni G‘azoga deport qildi
Olam
−
03 noyabr 2023
6487Isroil mamlakat hududida va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi minglab falastinlik ishchilarni blokada ostidagi G‘azo sektoriga deportatsiya qildi. Bu haqda G‘azo sektori janubidagi “Kerm Abu Salim” nazorat-o‘tkazish punktidagi o‘z ismini aytishni istamagan xavfsizlik manbasiga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isroil kuchlari tomonidan chegara darvozasidan 2 kilometr uzoqlikda tashlab ketilgan ishchilar G‘azo sektori tomon piyoda yo‘l olgan. Ishchilar Rafah shahriga kelgach, Isroil hukumati ularning barcha pullari va mobil telefonlarini musodara qilgan.
Isroilning “Haaretz” gazetasi yozishicha, Isroil hukumati Isroilda ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan minglab g‘azolik ishchilarni qaytarib yuborishga qaror qilgan. Ishchilar 7 oktyabrda boshlangan mojarodan beri anklavdagi oilalari bag‘riga qayta olmagandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq yuzlab xorijliklar G‘azo sektorini Rafah nazorat punkti orqali tark etgandi.
LiveBarchasi