Isroil-Falastin mojarosida Kremlning pozitsiyasi ochiqlandi
Olam
−
16 Oktabr 2023
20175Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 16 oktyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan telefonda suhbatlashdi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
"Putin bugun Suriya Prezidenti Bashar Asad va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan suhbatlashdi. Kun davomida ko‘plab telefon muloqotlari bo‘ldi, jumladan, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, Falastin rahbari Abbos, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Netanyaxu bilan”, dedi Ushakov.
Uning ma’lum qilishicha, Putin Pekinga tashrifi oldidan “ushbu mojaroga aloqador asosiy davlatlar bilan gaplashib olgan”.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, Putin “Falastin-Isroil mojarosining misli ko‘rilmagan kuchayishini diqqat bilan kuzatmoqda”.
Kremlning pozitsiyasi qanday?
Kreml vakilining ta’kidlashicha, bu vaziyatda asosiy maqsad zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va siyosiy tartibga solish jarayonini boshlashdir.
"Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq vaqtdan beri davom etmoqda, ammo hozir biz misli ko‘rilmagan vaziyatning keskinlashuvini to‘xtatish uchun faol, keskin choralar ko‘rishimiz kerak", deydi u.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil-Falastin mojarosiga to‘xtalib o‘tar ekan: “Falastin muammosi har bir musulmonning qalbida va adolatsizlik sifatida qabul qilinadi”, degan edi.
LiveBarchasi