Isroil Eron oliy rahnamosining tug‘ilgan kuniga raketa “sovg‘a qildi”

Olam

image

Bugun, 19 aprel kuni Isroil tomonidan Eronga qilingan hujum fors mamlakati oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning tug‘ilgan kunida sodir bo‘ldi. Bu haqda “Firstpost” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aynan shu kuni Xomanaiy 85 yoshga to‘lgan. Bu haqda AQSH senatori Marko Rubio ham o‘zining X'dagi sahifasida yozgan.

“Xomanaiyning tug‘ilgan kunida yaxshigina "salyut shou” bo‘ldi", deb yozgan senator.

Ma’lumot uchun, Oyatulloh Ali Xomanaiyning rasmiy saytida oliy rahnamoning tug‘ilgan kuni – 1939 yil 19 aprel ekani ko‘rsatilgan. Uning guvohnomasida Xomanaiyning rasmiy tug‘ilgan sanasi 1939 yil 16 iyul deya qayd etilgan.

Oyatulloh Xomanaiy 1989 yildan beri Eronning eng nufuzli rahbari hisoblanadi. U bosh qo‘mondon va davlat rahbari bo‘lib, ichki xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGS) va uning ko‘ngilli bo‘limi Basij qarshilik kuchini boshqaradi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing