Isroil Eron Qurolli kuchlar rahbari va Mudofaa vazirini ham yo‘q qildi
Olam
−
01 mart 7075 3 daqiqa
AQSH va Isroil zarbalari oqibatida bir nechta yuqori martabali harbiy va siyosiy rahbarlar halok bo‘ldi. Bu haqda IRIB xabar berdi.
Unga ko‘ra, Abdurahim Musaviy – Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari hamda Aziz Nosirzoda – Mudofaa vaziri zarba berilgan joyda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish paytida vafot etgan.
Shuningdek, Muhammad Pakpur – Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni va Ali Shamhani – Oliy qo‘mondon maslahatchisi ham halok bo‘lgan.
Qolaversa, yetakchi Ali Xomanaiy ham hujum oqibatida vafot etgan. Uning o‘limidan so‘ng Eron hukumati 40 kunlik motam e’lon qilgan va 7 kunlik davlat dam olish kunlarini joriy etgan.
Hujum oqibatida Xomanaiyning oila a’zolaridan qizi, kuyovi, nabirasi va kelinlaridan biri ham halok bo‘lgan.
AQSH–Isroil–Eron urushi
Kecha, 28 fevral kuni Isroil kutilmagan vaqtda Eronga qarata havodan zarbalar yo‘lladi. Ushbu zarbalar Eronning muhim ob’ektlari – Prezident qarorgohi, davlat idoralari va yadro inshootlariga tekkani iddao qilinmoqda. Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga ham hujum qilinganini yozgan. Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan. Dastlabki manbalarga ko‘ra, Eronga o‘ttizdan ortiq raketalar yo‘llangan bo‘lishi mumkin.
Oradan biroz vaqt o‘tib Isroil Mudofaa kuchlari Eronga hujumni rasman tasdiqlagan. Shuningdek, Mudofaa vazirligi Isroil fuqarolaridan xavfsiz joyga yashirinishni so‘ragan. Mamlakatda shoshilinch ravishda favqulodda holat e’lon qilingan.
Shu orada AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bo‘yicha operatsiyalar haqida 8 daqiqalik bayonot bergan va unda Eronga qilingan hujumda AQSHning ishtirok etganini tasdiqlagan. Uning qayd etishicha, Eronga qilingan harbiy opreatsiyalar Amerika xalqini himoya qilish uchun amalga oshirilmoqda. U o‘z bayonotida eronliklarni amaldagi tuzumni ag‘darishga chaqirgan. Tramp Eron harbiy xizmatchilariga taslim bo‘lishni va buning evaziga “immunitet” olishni taklif qildi yoki “muqarrar o‘lim”ni tanlashlari mumkinligini aytgan.
Qolaversa, barcha voqealarni bir chetdan kuzatib turgan Eron sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy ham Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uchun hal qiluvchi lahzalar kelganini ta’kidlagan. Shuningdek, u bu so‘nggi jang ekanini va unda Eron xalqi Islom Respublikasi tuzumi ustidan g‘alaba qozonishini ta’kidlagan.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay endi Eron Isroil davlati hududiga qarata zarba yo‘llashni boshladi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham hujumlarni tasdiqlab, bayonot bergan. Unga ko‘ra, Isroil va AQSHning Eronga qarshi qo‘shma operatsiyasi Eron terror rejimi keltirib chiqarayotgan tahdidni bartaraf etishga qaratilgan. Netanyaxu maxsus murojaatida so‘nggi 47 yil davomida Eron rahbariyati Isroil va AQSHga qarshi ochiq tahdidlar qilgan hamda mintaqada zo‘ravonlik siyosatini yuritganini aytgan.
Live
Barchasi