Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
Jamiyat
−
18 iyul
9500Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel o‘z missiyasini yakunlayapti. Bugun, 18 iyul kuni u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deydi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi