Isroil elchixonasi yonida o‘zini yoqib yuborgan amerikalik askar halok bo‘ldi
Olam
−
27 fevral
6212Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida o‘zini yoqib yuborgan AQSH harbiy-havo kuchlari askari Aaron Bushnell vafot etdi. Bu haqda Vashington politsiya departamenti bayonot berdi.
25 yoshli Bushnell G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarga norozilik bildirish maqsadida Isroil diplomatik idorasi oldida miting o‘tkazgandi. U o‘zini yoqib yuborar ekan, G‘azodagi genotsid ishtirokchisi bo‘lishni xohlamasligini aytgan.
“Falastinga ozodlik. Men genotsid ishtirokchisi bo‘lmayman!” deb baqirgan Bushnell.
Voqea joyiga tez yordam xizmati yetib kelgan. Ular jabrlanuvchini shifoxonaga olib borgan, ammo u o‘sha yerda vafot etgan.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi o‘ziga o‘t qo‘yishga uringan shaxs ularga noma’lum ekanini tasdiqladi. Elchixona vakillaridan hech kim jabrlanmagan.
Amerika matbuoti 2023 yil dekabrida Isroilning Gruziyadagi konsulligi binosi yonida xuddi shunday voqea sodir bo‘lganini eslaydi. O‘shanda olovni o‘chirishga uringan diplomatik missiya qo‘riqchisi jarohatlangan.
LiveBarchasi