Isroil Damashq va Halab aeroportlariga zarba berdi
Olam
−
12 Oktabr 2023
10837Isroil Damashq va Halab aeroportlaridagi uchish-qo‘nish yo‘laklariga zarba berdi. Bu haqda “Al Watan” gazetasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita aeroport ishi to‘xtatilgan. Gazetaning bildirishicha, Damashq xalqaro aeroporti yaqinida havo mudofaasi ishlamoqda.
O‘z navbatida, Suriya televideniyesi ham zarbalar faktini tasdiqlagan.
Isroil mudofaa kuchlari vakillari esa hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan. Isroil televideniyesining 13-kanaliga ko‘ra, havo bandargohlariga berilgan zarbalardan so‘ng, Suriyaga yo‘l olgan bortida qurol borligi aytilayotgan Eron yuk samolyoti ortiga qaytgan.
SANA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida Damashq va Halab aeroportlari ishdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Suriyadan mamlakatga bir necha marta raketa hujumi uyushtirilganini e’lon qilgandi. “Le Beck” Yaqin Sharq markazi ekspertlari esa Isroil beshta frontda jangga kirishi mumkinligini prognoz qilgandi. Ular frontlardan biri Suriya bilan bo‘lishini aytgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr