Isroil Damashqqa zarba berdi – OAV
Olam
−
19 mart
8770Isroil Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi bir qancha nishonlarga zarba berdi. Bu haqda harbiy manbalarga tayanib, Suriyaning SANA axborot agentligi xabar berdi.
Raketalar Golan tepaliklaridan mahalliy vaqt bilan soat 02:10 da uchirilgan.
“Hujumlar oqibatida moddiy zarar yetkazildi, havo hujumidan mudofaa tizimlari dushmanning bir qancha raketalarini urib tushirdi”, deyiladi xabarda.
Isroil rasmiylari hujum haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermagan.
Qayd etish joizki, 17 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Isroil havo kuchlarining Qalamon hududidagi bir qancha nishonlarga zarba bergani haqida xabar tarqalgan.
Ma’lumot uchun, 2011 yil mart oyida Suriyada ichki mojaro boshlanganidan beri Isroil vaqti-vaqti bilan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar va Suriya armiyasining harbiy nishonlariga hujumlar uyushtirmoqda. Damashq va uning atrofida Suriya armiyasi va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlardan tashqari Livanning “Hizbulloh” harakati jangchilari ham bor.