Isroil Damashqqa ham havo hujumi uyushtirdi 

Olam

image

Isroil bugun, 1 oktyabrga o‘tar kechasi Suriya poytaxti Damashqqa havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

"Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz uchinchi marta dushman nishonlariga qarshi turdi", deb yozdi agentlik mahalliy vaqt bilan 2:51 da.

Boshqa bir xabarda, SANA harbiy manbalarga tayanib, Isroil poytaxtga ertalab soat 2:05 da jangovar samolyotlar va dronlar yordamida hujum uyushtirganini da’vo qildi.

“Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz raketa va dronlarning ko‘p qismini urib tushirdi. Hujum oqibatida 3 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 9 kishi tan jarohati oldi, shuningdek, moddiy zarar ko‘rdi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Suriya davlat televideniyesi boshlovchisi Safo Ahmadning Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgani xabar qilindi. Sham FM’dan olingan ma’lumotga ko‘ra, hujum oqibatida Mezze hududida yong‘in chiqqan.

Isroil rasmiylari hujumlar haqida hozircha izoh bermagan.

Mezze tumanida Eronning Damashqdagi elchixonasi joylashgan. Avvalroq, 1 aprel kuni Isroil Eronning Damashqdagi konsulligiga ham hujum qilib, 7 nafar Eron rasmiysi, jumladan Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusining 2 generali halok bo‘lgan edi.

Ma’lumki, Suriya armiyasi ham, Livanning “Hizbulloh” kuchlari ham Damashq va uning atrofida joylashgan. 2011 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri Isroil Eron guruhlari va Suriya armiyasiga aloqador harbiy pozitsiyalarga vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isroil kecha, 30 sentyabr kuni erta tongda Bayrutning markaziy Kola mahallasiga havo hujumi uyushtirgandi. Bugun, 1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Isroil tanklari allaqachon Rmeish qishlog‘i hududiga yetib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made