Isroil chegarasidagi otishmada 3 isroillik halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 3 iyun kuni Isroil va Misr chegarasi yaqinida uch nafar isroillik askar va bir misrlik xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Tafsilotlari noma’lumligicha qolayotgan mazkur holat yuzasidan ikki davlat birgalikda tergov olib bormoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, erta tongda Misr chegarasidagi harbiy postni qo‘riqlash paytida misrlik politsiyachi ikki askarni otib o‘ldirgan. Misrlik zobit va yana bir isroillik askar esa bir necha soat o‘tib, Isroil hududidagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan.

Isroil Qurolli Kuchlari janubiy qo‘mondonligi boshlig‘i Eliezer Toledanoning aytishicha, ikki isroillik askarning o‘lgani aniqlanishi bilanoq, harbiylar voqeani terakt sifatida baholagan. 

Misr tomoni esa qurbonlar chegaradan kontrabandachilarni quvib o‘tayotganda sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lganini bildirgan.

"Biz har qanday savolni, shu jumladan, otishma tunda olib borilgan kontrabanda faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimolini ham ko‘rib chiqamiz", degan Toledano.

Ma’lumot uchun, 1979 yilda Misr Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolagan birinchi arab davlati bo‘lgan. Isroil harbiylari vakilining aytishicha, Misr bilan chegarada giyohvand moddalar kontrabandasiga urinishlar tez-tez sodir bo‘lgan bo‘lsada, Isroilga so‘nggi ma’lum bo‘lgan va qurbonlar bilan yakunlangan infiltratsiya taxminan 10 yil oldin yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Misr Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing