Isroil BMTning maxsus ma’ruzachisini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Isroil hukumati BMTning Falastin hududidagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albanezening mamlakatga kirishini taqiqlaganini e’lon qildi. Bu haqda yahudiy davlati Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashqi ishlar vaziri Israel Kats va Ichki ishlar vaziri Moshe Arbel bugun, 12 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasining Falastin hududlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albanezega Isroilga kirishni rad etishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bu qaror Albanesening “antisemitistik” chiqishi sabab qabul qilingan. 

“7 oktyabrdagi hujum qurbonlari yahudiy bo‘lgani uchun emas, balki Isroil zulmiga javoban o‘ldirilgan”, degan Albaneze. 

Bundan tashqari, vazirlar BMTni maxsus ma’ruzachini ishdan bo‘shatishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Francheska Albaneze Ispaniyaning “El Pais” gazetasiga bergan intervyusida G‘azo sektorida genotsid sodir etilyapti, deb hisoblashini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Falastin Isroil Francheska Al'baneze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing