Isroil BMTga qarshi cheklovlar kiritishi mumkin – FT

Olam

image

Isroil mojaro zonalaridagi bolalarga zarar yetkazayotganlar ro‘yxatiga kiritilishi ortidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarshi bir qator cheklovlar joriy qilishi mumkin. Bu haqda manbalariga tayanib, “Financial Times” gazetasi xabar berdi.  

Gazetaning yozishicha, Isroil BMT xodimlarining vizalarini uzaytirishdan bosh tortishi, yuqori martabali amaldorlarni boykot qilishi va mamlakatda tashkilot tomonidan olib borilayotgan barcha missiyalar faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Bu holat Isroil mudofaa kuchlari o‘tgan hafta jahon tashkilotining hisobotida mojaro zonalaridagi bolalarga zarar yetkazayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng yuzaga keldi.

“Muhokama qilinayotgan cheklovlar jahon tashkilotining Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Tor Vennesland faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi FT.

Nashrga ko‘ra, 9 iyun kuni Isroil hukumatining yig‘ilishida BMTga qarshi javob choralari ko‘tarilgan va 10 iyun bu muhokama Isroil Milliy xavfsizlik kengashiga o‘tgan. Ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba bergani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing