Isroil beshta frontda jangga kirishi mumkin – “Bild”

Olam

image

Isroil beshta frontda jangga kirishi mumkin. Bu haqda Bahrayn va Saudiya Arabistonida joylashgan “Le Beck” Yaqin Sharq markazi ekspertlariga tayanib, “Bild” xabar berdi.

Isroil allaqachon G‘azo sektoridagi HAMAS jangarilari bilan to‘qnash kelmoqda va Livandan raketa hujumlariga uchramoqda. Seshanba kuni (10 oktyabr) Suriyadan qisqa muddatli o‘q uzildi. Eron mojaroga bevosita aralashishi mumkin. Bundan tashqari, G‘arbiy Sohildagi falastinlik jangarilar faollashishi mumkin”, deydi ekspertlar.

Ularning fikricha, Eron falastinliklar muammosi bilan o‘z mafkurasini kuchaytirgan va shuning uchun ham hozirgi vaziyatda chetda turolmaydi.

“Livandan hujumlar haqida xabar berilgan. Suriya yoki hatto Iroq va Yamandan hujumlar hisobdan chiqarilmasligi kerak. Isroil (u ishonadimi yoki yo‘qmi) Eronni ayblashdan o‘zini tiyadi, chunki bu uni yanada boshi berk ko‘chaga olib borishini va ko‘p tomonlama urushga olib kelishini biladi”, deyiladi maqolada.

Mutaxassislarning fikricha, Eron allaqachon bir necha jabhada urush boshlashga tayyorligini ko‘rsatgan, biroq hozircha bu dargumon. Isroil esa Tehron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikdan qochadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bild

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing