Isroil Baydenning tahdididan so‘ng G‘azoga ko‘proq gumanitar yordam kirishiga rozi bo‘ldi
Olam
−
05 aprel
5222Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishga qaror qildi. Bu haqda Isroilning “Kan” jamoat telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, mamlakat rasmiylari gumanitar yuklar uchun Isroilning Ashdod portini vaqtincha ochish, shuningdek, G‘azo shimolida Bayt Xanun (Erez) nazorat-o‘tkazish punktini ochish niyatida.
Bildirilishicha, Iordaniyadan Falastin anklaviga kiradigan yordam Kerem Abu Salim (Shalom) nazorat punkti orqali o‘tadi.
Ma’lumot uchun, kecha, 4 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida uni G‘azo sektoridagi gumanitar xizmatchilar va tinch aholini himoya qilish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirgan.
Prezidentning aytishicha, Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti AQSH tomonidan keyinchalik ham qo‘llab-quvvatlanishi ana shu choralarga bog‘liq bo‘ladi.
LiveBarchasi