Isroil armiyasi Rafahga qo‘shimcha bo‘linmalar yubordi
Olam
−
16 may
3360Genotsidda ayblangan Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qo‘shimcha bo‘linmalarni yubordi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus kuchlar otryadi Rafah sharqida joylashgan 162-diviziyaga qo‘shiladi. Nashr Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumati Rafahga “quruqlik hujumini kengaytirish”ni ma’qullaganidan keyin qaror qabul qilinganiga e’tibor qaratdi.
Ma’lumot uchun, 6 may kuni Isroil armiyasi Rafahning yuzlab ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan bir qator sharqiy mahallalarini evakuatsiya qilishni talab qilgan. 7 may kuni Isroil armiyasi Rafahga quruqlikdan hujum boshladi va Misr bilan chegaradagi xuddi shu nomdagi nazorat-o‘tkazish punktining Falastin qismi ustidan nazorat o‘rnatgan.
Qayd etish joizki, Isroil ko‘plab mamlakatlarda salbiy munosabatiga qaramay, G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida harbiy amaliyot o‘tkazmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil bu shaharda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlasa, Amerika harbiy yordamini to‘xtatish bilan tahdid qildi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Rafahda G‘azo sektoridagi janglardan qochgan bir milliondan ortiq tinch aholi istiqomat qiladi va agar keng ko‘lamli janglar bo‘lsa, ularning hayoti xavf ostida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroilliklar kerak bo‘lsa yakka o‘zi jang qilishga tayyorligini bildirgandi. Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi esa 9 may oqshomida Rafah shahridagi amaliyotni kengaytirishga qaror qildi. AQSH Davlat departamenti Isroil G‘azo sektorida Amerika qurollarini qo‘llash orqali xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin ekanini aytdi.
LiveBarchasi