Isroil AQSHdan ko‘proq qurol berishni so‘ramoqda – “Bloomberg” 

Olam

image

Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgan bir paytda Isroil AQSHdan qo‘shimcha qurol so‘radi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Isroil Vashingtondan ko‘proq tank snaryadlari va harbiy mashinalar berishni so‘radi. Agentlikning yozishicha, yahudiy davlati G‘azo sektoridagi urush va Eron bilan kuchayib borayotgan keskinlik fonida o‘z zaxiralarini to‘ldirishga umid qilmoqda.

“The Wall Street Journal” gazetasi amerikalik rasmiylarga tayanib, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroilga 1 milliard dollardan ortiq qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan. Bu yahudiy davlatiga G‘azo sektoridagi operatsiyasi boshlanganidan beri eng qimmat yordam va Eron bilan keskinlashuv boshlanganidan beri birinchi yordam bo‘ladi.

Qo‘shma Shtatlarda bir necha oy davomida ma’muriyatning Isroil va Ukrainaga yordam berish, shuningdek, Xitoy va Rossiyaga qarshi kurashish uchun 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish haqidagi iltimosini muhokama qilinmoqda. 17 aprel kuni Vakillar palatasiga Ukraina, Isroil va AQSHning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida qonun loyihalari kiritildi. Ular bo‘yicha ovoz berish bugun, 20 aprel kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bayden, agar taqdim etilgan qonun loyihalari Amerika qonun chiqaruvchi organi tomonidan tasdiqlansa, ularni imzolashini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing